19:38 / 09.03.2020
3 739

Nukusda traktor bilan to‘qnashgan Neksiya yonib ketdi

Nukusda traktor bilan to‘qnashgan Neksiya yonib ketdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 mart kuni soat 9:00 larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi “Teletsentr“ OFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil aylanma yo‘lida avariya sodir bo‘lgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktorni boshqarayotib chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda uning ortidan kelayotgan “Neksiya” rusumli transport vositasida traktorning kovuchiga borib urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan. Yong‘in chiqishi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi IIV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda traktor bilan to‘qnashgan Neksiya yonib ketdi