00:12 / 10.03.2020
5 803

O‘zbekistonda o‘zi bilan sovuq qurol olib yuruvchi shaxslarga jazo turlari belgiland

O‘zbekistonda o‘zi bilan sovuq qurol olib yuruvchi shaxslarga jazo turlari belgiland
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga IIV tomonidan yangi o‘zgartirishlar kiritilgan qonun loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, kasbiy, sport faoliyati yoki maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sovuq qurollar, sport va xo‘jalik-maishiy ashyolarini jamoat joylarida olib yurgan shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima solinadi.

Sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolar esa un olib yurgan shaxsdan musodara qilinadi.
Agar fuqaro ushbu sovuq qurollar yoki ashyolarni o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurgan bo‘lsa, u holda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima belgilanib, 15 sutkagacha qamoq jazosi tayinlanadi.

Bundan tashqari, tig‘ yoki keskichi uzunligi 90 mm.dan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqariladigan, tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan avtomatik tig‘li sovuq qurollarni olib yurish ham qonunga muvofiq taqiqlanadi. Uni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, jo‘natish ham shular jumlasidandir.

Ushbu holatlar sodir etilganda javobgarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi.

Ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston hududiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ham mazkur qonunda ko‘rsatilgan jazoga asos bo‘ladii.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘zi bilan sovuq qurol olib yuruvchi shaxslarga jazo turlari belgiland