11:15 / 10.03.2020
4 800

Qizil kitobga kiritilgan 73,5 mln so‘mlik baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi

Qizil kitobga kiritilgan 73,5 mln so‘mlik baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi
Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Shahrisabz ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi va Shahrisabz tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Hazora qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.B. tomonidan Tanxoz daryosining Qoramur qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 22 dona O‘zbekiston gulbalig‘i noqonuniy ravishda ovlangani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ashyoviy dalil sifatida fuqaro J.B.dan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 22 dona gulbaliq (forel) va 2 dona qarmoq voqea joyida olingan hamda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Fuqarodan holat yuzasidan tushuntirish xati olingan. Tabiatga yetkazilgan zarar 73,5 million so‘mga baholangan.

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Mazkur shaxs tegishli ruxsati bo‘lmay turib ovlanishi taqiqlangan noyob baliq turini ovlagani uchun javobgarlikka tortildi va tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizil kitobga kiritilgan 73,5 mln so‘mlik baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi