17:47 / 10.03.2020
4 776

Toshkentlik ayolga tegishli 2 qimmatbaho mashina qasddan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentlik ayolga tegishli 2 qimmatbaho mashina qasddan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Internet tarmog‘ida yonayotgan ikkita avtomobil aks etgan videolavha va suratlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

8 mart kuni taxminan soat 05.30 da Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli «Mercedes-Benz GLS300» (davlat raqami 01 Y 549 HB) va «BMW X5» (davlat raqami 01 F 701 XA) avtomobillariga qasddan o‘t qo‘yilgani aniqlandi. Zarar miqdori taxminan 225 000 AQSH dollarini tashkil etdi. Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, hodisa tafsilotlari o‘rganilib, o‘t qo‘ygan kishining shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, jabrlanuvchi va guvohlar so‘roq qilinmoqdalar.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi «v» bandiga («Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish») muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Eslatib o‘tamiz, bu kabi holatlarda qonunchilik tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazolar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentlik ayolga tegishli 2 qimmatbaho mashina qasddan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi