16:24 / 10.03.2020
2 621

MIB faoliyatidan: sayyor kassalar aholiga qulaylik tug‘dirmoqda

MIB faoliyatidan: sayyor kassalar aholiga qulaylik tug‘dirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuniningdek, ijro ish yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi PF-5059-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2019 yil 14 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek debitor qarzdorlikni qisqartirish hamda kommunal to‘lovlarni amalga oshirishda aholiga qulayliklar yaratmoqda.

Majburiy ijro byurosing Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan shaharda joylashgan “MAXAM - CHIRCHIK” AJ, “Olmaliq kon-metalurgiya kombinati” AJ Chirchiq shahar filiali, “O‘zbekkimyomash” AJ va “Chirchiq transformator zavodi” AJ xodimlariga kommunal to‘lovlarini ishdan uzilmagan xolda amalga oshirishlari uchun ushbu korxonalar hududida joriy yilning 9 mart kunidan 13 mart kuniga qadar sayyor kassalar tashkil etilib, ushbu sayyor kassalar orqali jami 3 ming nafardan ortiq ishchi xodimlarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan jami 946 mln. so‘m to‘lovlarni amalga oshirishiga yordam ko‘rsatildi. Bu kabi tadbirlar natijasida aholi o‘rtasida energiya resurslaridan mavjud qarzdorliklar qisqartirishga erishilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: sayyor kassalar aholiga qulaylik tug‘dirmoqda