18:03 / 10.03.2020
3 546

Angrenda daryoga tushib ketgan otlar qutqarildi (foto)

Angrenda daryoga tushib ketgan otlar qutqarildi (foto)
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Angren» navbatchilik maskaniga 9 mart kuni Angren shahar «Jigariston» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaat qildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Fuqaro o‘ziga qarashli bo‘lgan bir juft otlari yo‘qolib qolib, Angren daryosi ichidan topilganligi, ammo ularni chiqarib olishning imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqarma tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Murojaat yuzasidan «Angren» navbatchilik maskanidan M.Akbarov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchi, Angren shahar veterinariya xizmati xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qisqa vaqt mobaynida qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida otni daryodan olib chiqib, fuqaroning mulki bo‘lgan jonivorning hayotini saqlab qoldi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda daryoga tushib ketgan otlar qutqarildi (foto)