18:38 / 10.03.2020
4 649

Mixail Favorov koronavirus qay tarzda odamlar orasida tarqalganini ma’lum qildi

Mixail Favorov koronavirus qay tarzda odamlar orasida tarqalganini ma’lum qildi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ning profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Sog‘liqni saqlash va epidemiologiya sohasida xalqaro espert, Amerika Mikrobiologiya jamiyati a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha ma’ruza qildi.

Ayni paytda Mixail Favorov koronavirus infeksiyasi bo‘yicha dunyo va O‘zbekistondagi holatni o‘rganmoqda. Shu kunlarda u mustaqil xalqaro ekspert sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi bosh shtab mutaxassislari bilan birgalikda mamlakatimizga koronavirusning kirib kelish va tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu sohada ixtisoslashgan tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot xodimlariga maslahatlar bermoqda.

Mixail Favorov o‘z chiqishida Xitoyning Uxan shahrida ishlagani va u yerda koronavirusga chalinganlik holatini yashirish uchun hatto otuvga hukm qilinishi mumkinligini aytdi.

Matbuot anjumani davomida Xitoy elchixonasi vakili Uxan haqiqatda koronavirusning uchog‘i bo‘lganini, ammo Xitoy bu kurashda g‘olib chiqa boshlaganini, Mixail Favorovdan esa nimaga asoslanib kasallik tarqalishida Uxan institutidagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lganiga sha’ma qilganligini so‘radi.

Mutaxassis bunga sha’ma qilganini inkor etib, kerak bo‘lsa vaziyatni ochiqlashini aytdi:
Men o‘z ma’ruzamda kasallik o‘sha institutdan tarqalganini aytganimni kimdir eshitdimi? Unda nima uchun provakatsion savol beryapsiz? Mana endi, holat qanday bo‘lganini aytaman! Aslida bu haqda bugun gapirmoqchi emasdim. O‘zingizga rahmat ayting. Demak, Xitoy kommunistik partiyasi juda yaxshi ish olib borayotgan va bu epidemiyaning oldini olishi mumkin edi. Bu haqda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ammo kommunistik partiya institutdan ko‘rshapalakning chiqib ketishi holatini bartaraf eta olmadi. Virusli ko‘rshapalak Uxandagi bozorga tushganini bilamiz, — dedi Mixail Favorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mixail Favorov koronavirus qay tarzda odamlar orasida tarqalganini ma’lum qildi