21:14 / 10.03.2020
4 956

Ekspert: tibbiyot niqobi koronavirusga qarshi foyda beradi, ammo...

Ekspert: tibbiyot niqobi koronavirusga qarshi foyda beradi, ammo...
Foto: TASS
Amerika Mikrobiologiya jamiyati a’zosi: “Tibbiy niqoblar albatta foyda beradi. Faqat ularni ma’lum muddat taqish kerak va nam bo‘lishi bilan almashtirish zarur”.

Koronavirus infeksiyasiga oid anjumanda epidemiologiya sohasida xalqaro ekspert, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov Kun.uz muxbirining tibbiy niqoblar qay darajada samarali ekanligi bo‘yicha savoliga javob berdi:

– Albatta, tibbiy niqoblar samara beradi. Faqat ulardan foydalanishning ham qoidasi bor. Niqoblarning turiga qarab 20 daqiqadan 3 soatgacha foydalanish mumkin. Afsuski ko‘pchilik nima qiladi – niqobni bir necha kunlab taqib yuradi. Bu nafaqat foydali, balki zarar keltirishi ham mumkin, chunki namiqib, xavfli bo‘lib qoladi.

Tibbiy niqoblar tanqisligiga kelsak, bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan holat. Bunda qo‘lbola vositalardan foydalanish, oddiy dokadan niqob tikib olish yoki hatto hojatxona qog‘ozi va salfetkalardan yasab olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspert: tibbiyot niqobi koronavirusga qarshi foyda beradi, ammo...