10:27 / 11.03.2020
4 797

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilinadimi?

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilinadimi?
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ning profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov dolzarb masalalar bo‘yicha fikrlar bildirdi jurnalistlarning savollariga ham atroflicha javob berdi.
Xususan, u AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi koronavirus keng tarqalishiga qarshi tura olishga tayyor emasligi haqidagi so‘zlarini to‘g‘ri deb tan oldi.

Xabaringiz bor, Pompeo jurnalistlarga bergan intervyusida AQSH tomoni bir qator davlatlarda virusdan himoyalanish uchun zarur infratuzilma yo‘qligidan xavotirda ekanligini bildirgandi.

U, jumladan, Xitoy chegarasiga yaqin O‘zbekiston va unga bevosita chegaradosh bo‘lgan Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida ushbu davlatlar koronavirus kabi yirik miqyosli xatarga qarshi kurashish imkoniyatiga ega emasligini qayd etgandi.

Alisher Shodmonov ham mahalliy sog‘liqni saqlash ilg‘or mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan ancha ortda ekanligini tasdiqladi.
U Pompeoning O‘zbekiston va Qozog‘istonga nisbatan aytgan so‘zlari to‘g‘ri ekanligini aytdi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yaqinda parlamentga yo‘llangan murojaatnomada iqtisodiyotimiz holati to‘g‘ri baholandi, — dedi u. — Binobarin, Prezident tomonidan birinchi marta kambag‘allik borligi ko‘rsatib o‘tildi. Albatta, ijtimoiy muammolar bor va iqtisodiyot bilan bog‘liq masalalar ham bor. Iqtisodiyotimiz hali ilg‘or emas. Iqtisodiyotimiz ijtimoiy, jumladan, sog‘liqni saqlash sohasiga ham yetarli e’tibor qarata oladigan barqaror va o‘z-o‘zini ta’minlashga qodir bo‘lishi uchun barcha chora-tadbirlarni ishga solyapmiz“ .

U shifoxonalarning hozirgi holati, ularning ta’minoti ilg‘or davlatlarga nisbatan qoloq ekanligini ham tan olgan.
Biz bu yerga mustaqilligimizning 30 yilligida qilgan ishlarimiz bilan maqtanish uchun yig‘ilmadik. Biz o‘zimizni aldadik va hatto bunga ishonib qoldik. Biz uch yil ichida ochiq, shaffof va oshkora mamlakatga aylandik. Biz o‘z xatolarimiz va kamchiliklarimizni tan ola boshladik hamda mazkur realliklardan kelib chiqqan holda o‘z oldimizga aniq hayotiy maqsadlarni qo‘yamiz va shu bo‘yicha ish olib boryapmiz”, — dedi vazir.

SSV rahbari O‘zbekiston tibbiyot niqoblari davlat zaxirasi yaratilayotgani va niqoblar hamda individual himoya vositalari narxlarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

A.Shodmonov, o‘z navbatida, hukumat koronavirus sababli Navro‘z bayram tadbirlarini bekor qilish bo‘yicha hozircha bir to‘xtamga kelmaganini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Tojikiston va Qozog‘istonda Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus tufayli O‘zbekistonda Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilinadimi?