11:06 / 11.03.2020
5 793

Amerikalik olim O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurashishdagi eng asosiy muammosi nimada ekanligini aytdi

Amerikalik olim O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurashishdagi eng asosiy muammosi nimada ekanligini aytdi
Amerika Mikrobiologiya jamiyati a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov koronavirus tarqalishi mumkin bo‘lgan holatda O‘zbekistonning asosan qanday muammoga duch kelishini aytib o‘tdi.

Eng katta muammo — bu sun’iy nafas berish apparatlarining yetishmovchiligi va ularni oladigan joyning yo‘qligi bilan bog‘liq. Buyurtma beradigan joy ham, — dedi u. — Ular faqat ichki zaxiralar ekanligini bilib turibsiz. Janob vazir bu masala bilan shaxsan shug‘ullanyapti. Agar virus kirib kelishi bilan bog‘liq holat qayd etilsa, agar og‘ir vaziyat kuzatiladigan bo‘lsa, sun’iy nafas berish qurilmalari kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ushbu apparatlarning bo‘lishi juda muhim”.

O‘z navbatida amerikalik olim O‘zbekistonda tibbiy menejment yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, poytaxtning o‘zida 40 ta boks xonalar tayyorlangani, bu esa hali koronavirus aniqlanmagan davlat uchun yaxshi ko‘rsatkich ekaniga urg‘u berdi.

Agar Xitoy, Italiya yoki Janubiy Koreya darajasidagi epidemiya kuzatiladigan bo‘lsa, albatta 40 ta boksni kengaytirish kerakligini biz tushunamiz, — deya qo‘shimcha qildi ekspert. — Chunki shifoxonalar bemorlar bilan band etilgan, shuning uchun eng katta muammo buni qanday amalga oshirish bilan bog‘liq.
Men, shuningdek, JSSTning barcha darajalardagi tibbiyot xodimlarini intensiv tarzda o‘qitish zarurligi to‘g‘risidagi fikrini qo‘llab-quvvatlayman. Enagalarni ham o‘rgatishni esingizdan chiqarmang. Zero ular bu nima ekanligini hatto tasavvur ham eta olmaydilar.Lekin nafaqat shifokorlar, balki ular ham ushbu jarayonlarda ishtirok etishadi. Bu juda murakkab vazifa
”.

U bugungi kunda O‘zbekistonda mazkur epidemiya bilan bog‘liq holat qayd etilmaganiga ishonchi komil ekanligini bildirgan.
O‘zbekiston koronavirus holati umuman qayd etilmagan davlatlardan biridir. Bu borada ulkan sa’y-harakatlar ishga solinyapti. Ikkita laboratoriyada tashxis qo‘yish ishlari olib borilyapti, Virusologiya instituti bor, barchasi meni qoniqtiradi, ishlar yaxshi olib borilmoqda”, — dedi u.

Fedotov ushbu kasallikka qarshi vositalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Yangi vaksinani yaratish yangi dori preparatini yaratishdan ko‘ra uzoqqa cho‘ziladi. Ikki yil davomida vaksina dozalari O‘zbekistonga kirib keladi deb o‘ylamayman, — dedi Fedotov. — Boz ustiga, nimaga ikki yil ichida ushbu epidemiyani bartaraf eta olmas ekanmiz. Bundan tashqari, Centers for Disease Control and Prevention tomonida qayd etilishicha, bu mavsumiy virus va u mavsumi bilan odatiy respirator infeksiyalari kabi yo‘qolib ketadi. Lekin bu u yana qayta paydo bo‘lmaydi degani emas. Shu bois bizga vaqt kerak. Ishlashimiz uchun eng muhimi ham shu aslida”.

U koronavirusdan dori vositasini yaratish bu kosmik qurilma yasash emasligini ta’kidladi.
Bu yerda asosiysi sinovdir, chunki hech kim odamlarga sinalmagan preparatni bermaydi, — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik olim O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurashishdagi eng asosiy muammosi nimada ekanligini aytdi