13:06 / 11.03.2020
2 800

Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 60 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 60 kishiga yetdi
Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutka ichida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq yangi holat o‘tgan kunga nisbatan ikki baravar ko‘payib, mamlakatda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 7382 kishiga, qurbonlar soni esa 60 kishiga yetdi, deb yozmoqda «RBK». Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lum qilgan.

Avvalroq qurbonlar soni 51 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya hukumati epidemiologik xavf darajasini eng yuqori ko‘rsatkichgacha oshirgan. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi 23 martgacha bekor qilingan.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, 41 nafar bemor sog‘ayib, uyiga javob berilgan (jami sog‘ayganlar soni 288 kishiga yetgan). Yana 18 540 kishining tahlillari hali o‘rganilmoqda.

Koronavirusni yuqtirib olganlarning 193 nafari Seul, 5794 nafari Tegu, 1135 nafari Kyonsan-Pukto provinsiyasi, yana 175 nafari esa Kyongidoda. Pusanda 98 ta holat qayd etilgan. Qayd etishlaricha, Janubiy Koreyadagi koronavirus bemorlarining kamida 4,7 ming nafari (62,7 foizi) Sinchonji sektasiga aloqador odamlardir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreyada koronavirus qurbonlari soni 60 kishiga yetdi