Samarqand shahrida MDH tashkilotiga a’zo davlatlar chegara qo‘shinlari rahbarlarining 5-mintaqaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalari delegatsiyalari, shuningdek, MDH Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining Muvofiqlashtiruvchi xizmati vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida MDHga a’zo davlatlarning Afg‘oniston bilan tashqi chegaralaridagi vaziyat va uning yaqin kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilindi. Xususan, Afg‘onistonning shimoliy chegara hududlaridagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilarning e’tibori jangarilar nazorati ostidagi hududlarda giyohvand moddalar ishlab chiqarish ko‘lami oshib borayotgani va giyohvandlik vositalarini "shimoliy yo‘nalish" bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi MDHga a’zo davlatlarning tashqi chegaralari orqali olib o‘tishga urinishlar bo‘layotganiga qaratildi.
Yig‘ilishda Hamdo‘stlik davlatlari hududiga xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlarga aloqador shaxslarning kirib kelishiga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Protokol imzolandi. Uning tavsiyalari 16 aprel kuni Yerevan shahrida bo‘lib o‘tadigan Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi