18:48 / 12.03.2020
2 580

DSQ xonandalarni soliqqa tortish tartibini tushuntirdi

DSQ xonandalarni soliqqa tortish tartibini tushuntirdi
Foto: Flickr / Ben Grey
Bugun, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov xonandalarga soliq to‘lash tartibining joriy qilinishi haqidagi savolga javob berdi.

Uning bildirishicha, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab san’atkorlardan yangicha tartibda soliq undirish joriy etilgan. Mazkur masala so‘nggi 3 yillikda soliq siyosatini takomillashtirish doirasida har yilgi parametrlarda muhokama qilingan.
“Xonandalik faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnoma olishdagi davlat boji stavkasi pasaytirildi va ularga soliq to‘lash joriy qilindi.

Soliq rejimi bo‘yicha daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat’iy [belgilangan] soliq to‘lanadi. Stavka Pensiya jamg‘armasi bilan birgalikda 270 ming atrofidagi summani tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatishdan olayotgan daromadi 100 million so‘mdan oshadigan bo‘lsa, ular aylanma [mablag‘lar]dan soliq to‘lashga o‘tishadi.

Shu bilan bir qatorda, barcha tadbirkorlik sub’ektlarimizga tegishli. Ular deklaratsiya asosida soliq to‘lashi mumkin. Xizmat ko‘rsatishdan olayotgan daromadi va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni chegirib tashlab, o‘ziga qoladigan sof foydasidan 12 foiz soliq to‘lash tartibi joriy qilindi”, - deydi Fazliddin Umarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DSQ xonandalarni soliqqa tortish tartibini tushuntirdi