19:11 / 12.03.2020
3 666

SSV: Olmaliqda 17 nafar fuqaro koronavirus tufayli vafot etgani haqidagi xabar mutlaqo asossiz

SSV: Olmaliqda 17 nafar fuqaro koronavirus tufayli vafot etgani haqidagi xabar mutlaqo asossiz
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining kirib kelganligi, hattoki, Olmaliq shahrida 17 nafar fuqaro ushbu virus tufayli vafot etganligi haqidagi audioxabar mutlaqo asossiz va yolg‘on, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Qayd etilishicha, unda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yopiq yig‘ilish o‘tkazilganligi haqidagi iddao ham umuman asossiz. Aslida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.

“Takror bo‘lsa-da, aytib o‘tish lozimki, dunyodagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon qat’iy nazoratga olingan.

Jumladan, davlat chegaralarida mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlariga qo‘shimcha shifokor mutaxassislar, zarur tibbiy jihozlar, jumladan, teplovizor va kontaktsiz termometrlar, shaxsiy himoya vositalari ajratilib, faoliyat samaradorligi kuchaytirildi.

Mazkur punktlardan o‘tayotgan har bir fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ma’lumotlar olinib, birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy kuzatuv yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15 yanvaridan ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolardan 5082 nafarida hech qanday infeksiya alomatlari aniqlanmaganligi uchun kuzatuvdan chiqarilgan, 2214 nafar fuqarolarda esa tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda.

Ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq biron bir holat aniqlanmagan”, - deyiladi SSV ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SSV: Olmaliqda 17 nafar fuqaro koronavirus tufayli vafot etgani haqidagi xabar mutlaqo asossiz