21:47 / 12.03.2020
3 632

Toshkentda psixotrop vositalarini sotayotgan dorixona ishchilari ushlandi

Toshkentda psixotrop vositalarini sotayotgan dorixona ishchilari ushlandi
11 va 12 mart kunlari Toshkent shahar IIBB xodimlari Yunusobod tumanida noqonuniy tarzda psixotrop vositalari savdosi bilan shug‘ullangan dorixona ishchilarini aniqlashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan “FARM KARDIO PLUS” mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli dorixonada, surxandaryolik 48 yoshli Shokirjon K. ismli dorixona mudiri tegishli ruxsatsiz kuchli ta’sirga ega psixotrop dori vositalarini sotgan.

Tekshiruv davomida dorixonadan 73 ta “Regapen” va 139 ta “Tropikamid” dorilarining tegishli huddatlari bo‘lmaganligi bois, ular ashyoviy dalillar sifatida musodara qilindi.

Shu tumanning Obod ko‘chasida joylashgan “QUDRATILLA BARAKA SAVDO” MCHJga tegishli yana bir dorixonada 38 yoshli Dilfuza Z. va Toshkent viloyatilik 23 yoshli Dilfuza A.lar kuchli ta’sirga ega va psixotrop vositalarni tegishli ruxsatsiz sotishgan.

Dorixona tekshiruvi davomida ashyoviy dalillar sifatida 494 ta “Karbamezapin”, 9 ta “Selofen”, 207 ta “Regapen” va 120 ta “Tropikamid” topilib, olib qo‘yildi.
Hozirgi vaqtda topilgan ashyoviy dalillarning manbaini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda psixotrop vositalarini sotayotgan dorixona ishchilari ushlandi