20:09 / 12.03.2020
2 735

Alimentdan bo‘lgan qarzini to‘lagan ota javobgarlikdan ozod qilindi

Alimentdan bo‘lgan qarzini to‘lagan ota javobgarlikdan ozod qilindi
Har bir insonning kelajakdagi orzularidan biri oila qurish va farzandlar kamolini ko‘rishdir. Biroq, jamiyatimizda er-xotinlarning arzimas sabablar bilan janjallashib, nikohlari sud orqali bekor bo‘lib, ajrimlar soni oshib bormoqda desak xato bo‘lmaydi. Nikohning bekor bo‘lishi ortidan, voyaga yetmagan farzand ta’minoti uchun, farzand voyaga yetgunga qadar moddiy ta’minlash ota bo‘ynida ekanligini hamma ham tushunib yetavermaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasida, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi raisi A.Ibodovning Zamin.uz saytiga ma’lum qilishicha, Davlatov Samar (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i Davlatova Munavvar (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) bilan ajrashgach, bir nafar 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi uchun sudning qarori bilan undirish belgilangan aliment pullarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli, ma’muriy sudning 2019 yil 15 apreldagi qarori bilan o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan, biroq u bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi, 2019 yil 1 apreldan 2020 yil 1 yanvarga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 3.719,8 ming so‘m aliment pullarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

S.Davlatovning jinoyat ishi, 2020 yil 27 fevral kuni ochiq sudda ko‘rib chiqildi. Otalik mas’uliyatini his qila boshlagan S.Davlatov jinoyat ishi doirasida aniqlangan aliment pullarini M.Davlatovaga to‘liq to‘lab berdi, natijada M.Davlatova uni kechirdi va u bilan ixtiyoriy yarashgani, da’vosi yo‘qligini, jinoyat ishini yarashuv asosida tugatishni so‘rab sudga ariza bilan murojaat qilgach, sud S.Davlatovni Jinoyat kodeksining 661-moddasiga (yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish) asosan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqida qaror qabul qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentdan bo‘lgan qarzini to‘lagan ota javobgarlikdan ozod qilindi