06:00 / 13.03.2020
5 668

O‘zbekiston Eronga koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam yubormoqda

O‘zbekiston Eronga koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam yubormoqda
Eron Islom Respublikasiga O‘zbekiston tomonidan insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida Hukumat farmoyishi (140-f-son, 12.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatini qo‘llab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

— bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
— himoya qiluvchi kombinezon;
— maxsus tibbiy forma;
— tibbiy niqoblar;
— tibbiy doka;
— tibbiy spirt;
— gigiyenik gel;
— «Rutan» tabletkalar.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Eronga koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam yubormoqda