06:53 / 13.03.2020
2 966

Davlat soliq qo‘mitasi mashinalar narxi oshishiga QQS ta’sir qilganini inkor qildi

Davlat soliq qo‘mitasi mashinalar narxi oshishiga QQS ta’sir qilganini inkor qildi
Foto: AOKA
Milliy matbuot markazida 12 mart, payshanba kuni, Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida «Amalga oshirilgan soliq islohotlarining tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga va ishbilarmonlik muhitiga ta’siri» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

«Daryo» nashrining xabar berishicha, tadbirda jurnalistlar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarovdan avtomashina narxlarining oshishiga QQSning qay darajada ta’sir ko‘rsatganiga izoh so‘radi.

«Mahalliy ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar narxi bilan bog‘liq holatlarni biz ham kuzatib turibmiz. Mashina narxlarining oshishiga QQSni ta’sir qildi, deyish unchalik ham to‘g‘ri emas. Chunki ilgari fuqaro avtotransport vositasini xarid qilganidan keyin davlat raqam belgisi olish jarayonida mashina qiymatida 3 foizli davlat boji to‘lardi.

Bu tartib esa bekor qilindi, davlat budjeti bundan voz kechdi. Mana shu summaga mos ravishda ushbu miqdor avtomobil sanoatiga o‘tkazildi, ya’ni odamlar 3 foizli bojni davlatga emas, avtomashina sotib olayotgan avtosalonga to‘lamoqda. Shu bilan birgalikda mashina ishlab chiqarish bilan bog‘liq 3 foizli aksiz solig‘i ham bekor bo‘ldi. Ammo bular haqida hech kim gapirgani yo‘q.

Korxona QQS to‘layotganida barcha 15 foizli yuk korxonaga tushmaydi. Chunki korxona ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni tahlil qilayotganda uni hisobga oladi. Bitta korxonaning qo‘shilgan qiymat solig‘ining umumiy «nagruzka»si 5-6 foizdan oshmaydi.

Agar ko‘pchilik QQSni mashina narxining yuqorilashiga asosiy ta’sir etuvchi omil sifatida hisoblayotgan bo‘lsa, bu noto‘g‘ri. Sababi QQS nafaqat mahalliy avtomashinalar, balki xorijdan import qilinayotgan qimmatbaho «inomarka»lar narxiga ham teng ta’sir ko‘rsatadi. Lekin hammaga ma’lum, Damas, Nexia kabi o‘zimizda ishlab chiqarilgan mashinalar narxi oshdi. Import qilinadigan bir qancha avtomobillar narxlari esa o‘zgarishsiz qoldirildi», — dedi Umarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat soliq qo‘mitasi mashinalar narxi oshishiga QQS ta’sir qilganini inkor qildi