15:28 / 13.03.2020
3 158

O‘zbekistonga yuk mashinalarini noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

O‘zbekistonga yuk mashinalarini noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari aylanma yo‘llar orqali yuk mashinalarini noqonuniy ravishda O‘zbekistonga olib kirish bilan shug‘ullanib kelgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoiy guruh a’zolari fuqarolar N.B., A.B., T.M., I.A. va A.Sh. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi aylanma yo‘l orqali Foton rusumli yuk avtotransport vositasini O‘zbekistonga olib kirgan. Guruh o‘z jinoiy harakatlarini davom ettirishda shubha uyg‘otmaslik uchun, mazkur transport vositasiga O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan boshqa transport vositasining davlat raqamini taqqan.

Shuningdek, avtotransport vositasi yukxonasidagi shag‘al ostida ikki dona yuqori kuchlanishli transformator va ehtiyot qismlar ham bojxona nazoratidan yashirincha olib kirilgani aniqlangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlarida ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruh avval ham shu yo‘l bilan yana bitta Foton yuk mashinasini O‘zbekistonga olib kirgan. Namangan shahrida saqlanayotgan mazkur transport vositasi shubha uyg‘otmasligi uchun uning kabinasi «Maz» rusumli yuk mashinasining kabinasiga almashtirib qo‘yilgan.

Tezkor tadbirlar davomida olib qo‘yilgan yuk mashinalari, transformatorlar va boshqa tovarlarning umumiy qiymati 910 million so‘mni tashkil qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga yuk mashinalarini noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi