10:40 / 14.03.2020
3 371

Yolg‘on ma’lumotlar tarqatganlik uchun jarima joriy etiladi

Yolg‘on ma’lumotlar tarqatganlik uchun jarima joriy etiladi
Foto: Shutterstock
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 1892-modda bilan to‘ldiriladi:

“189-2-modda. Yolg‘on ma’lumotlar tarqatish
Ommaviy axborot vositalarida, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, mulkka xavf tug‘diruvchi, jamoat tartibini ommaviy buzishga va (yoki) jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarning normal faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi ishonchli xabarlar niqobi ostida ijtimoiy ahamiyatga ega haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni bila turib tarqatish - ma’muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblangan vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yolg‘on ma’lumotlar tarqatganlik uchun jarima joriy etiladi