12:20 / 14.03.2020
6 053

Yangiyo‘lda 18 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini osib o‘ldirdi

Yangiyo‘lda 18 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini osib o‘ldirdi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 18 yoshli o‘quvchi qiz 10 mart kuni o‘zini osib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2002 yilda tug‘ilgan o‘quvchi qiz shu yilning 10 mart kuni o‘z uyining issiqxonasida o‘z joniga qasd qilishi natijasida vafot etgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, uning o‘limiga bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat sabablari o‘rganilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman xalq ta’limi bo‘limi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiya, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda 18 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini osib o‘ldirdi