15:45 / 14.03.2020
4 801

Ikki yildan beri qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentda qo‘lga tushdi

Ikki yildan beri qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentda qo‘lga tushdi
Foto: IIV axborot xizmati
Joriy yilning 12 mart kuni «Dubay-Toshkent» yo‘nalishi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasining Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Buxoro viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir olib borildi.

Xabar qilinishicha, tezkor tadbir natijasida 1994 yilda tug‘ilgan, Qorako‘l tumani, Bandboshi qishlog‘ida ro‘yxatda turgan, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) va 223-moddasi 2-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, 2018 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Z.Boboqulova qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki yildan beri qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentda qo‘lga tushdi