13:33 / 15.03.2020
5 789

O‘zbekistonda koronavirus ilk aniqlangan bemor — ayol kishi

O‘zbekistonda koronavirus ilk aniqlangan bemor — ayol kishi
Foto: Uzbekistan Airways
Aniqlashtirilgan ma’lumotga ko‘ra, Covid-19 koronavirusi qayd etilgan bemor — ayol kishi. Bemor Parijdan Toshkentga qaytgandan keyin u bilan aloqada bo‘lgan barcha oila a’zolari tibbiy nazorat ostiga olingan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berib o‘tdi.

«Daryo» tomonidan o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilinishicha, bemor ayol Fransiyada bir haftadan ortiq bo‘lib, so‘ng Vatanga qaytgan.

Manba ayolning aynan qachon O‘zbekistonga kelganiga aniqlik kiritmadi. Flightradar24 ma’lumotiga ko‘ra, Uzbekistan Airways Parijdan Toshkentga so‘nggi ikki reysni 10 va 13 mart kunlari amalga oshirgan.

Koronavirusga chalingan ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. «Ularning barchasi izolyatsiyaga olinmoqda», — dedi manba.

Bugun, soat 13.00da koronavirus aniqlangani va unga qarshi olib borilayotgan tibbiy chora-tadbirlar haqida hukumat tomonidan bayonot berilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus ilk aniqlangan bemor — ayol kishi