3 408
Ravshan Ermatov: Superliga o‘yinlari taqdiri bo‘yicha 16 mart kuni qaror qabul qilinadi
Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari karantinga yopilishi, ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Bu haqda 15 mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Tribuna.uz muxbiri O‘zbekiston Superligasi, Pro-liga va boshqa futbol turnirlari qachondan to‘xtatilishi borasidaga savollar bilan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga murojaat etdi.
«Ushbu masala yuzasidan 16 mart kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yig‘ilish o‘tkazamiz. Bugun, 15 mart kuni Superliga doirasida Andijon va Toshkentda o‘tkaziladigan 3-turning yakuniy o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Chempionatning keyingi turlari masalasida dushanba kungi yig‘ilishimizda hukumatimiz tomonidan topshirilgan buyruqqa asosan bir qarorga kelinadi», - deya fikr bildirdi Ravshan Ermatov.
Ma’lmuot uchun, o‘tgan hafta davomida koronavirus sababli Yevropada aksariyat futbol turnirlari, milliy chempionatlar to‘xtatilgandi. O‘zbekistonda ham 15 mart kuni koronavirusning ilk holati aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi