17:15 / 15.03.2020
12 161

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk ayolning kasalni yuqtirishi tafsiloti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk ayolning kasalni yuqtirishi tafsiloti ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda ilk bora koronavirusga chalingan ayolning kasalni yuqtirishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh vazir o‘tkazgan brifing vaqtida xabar berilgan.

Koronavirus yuqtirgan ayol oliy ma’lumotli tibbiyot xodimi bo‘lib, bu sohada yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan. U Fransiyadan 11 mart sanasida Toshkentga uchib kelgan. Reysda 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan va ulardan yarmi xorij fuqarolari bo‘lgan. Aeroportda o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv vaqtida hech qanday kasallik alomati topilmagan.

Oradan ikki kun o‘tgandan so‘ng ayol o‘zini noxush his qilgan va darhol tegishli tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Kecha olingan qon tahlillari koronavirus borligini ko‘rsatdi va bugun bu haqda rasman ma’lum qilindi.

Bemor ayol bilan aloqada bo‘lgan barcha insonlar — oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilar, hamkasblar va Parijdan birga uchib kelganlar karantinga olingan. Shu vaqtga qadar 150 dan ortiq odam tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Hozirda tekshiruvdan o‘tkazilayotganlar soni yana oshib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk ayolning kasalni yuqtirishi tafsiloti ma’lum bo‘ldi