22:39 / 15.03.2020
5 000

Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusni qanday yengish kerakligini aytdi

Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusni qanday yengish kerakligini aytdi
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi kurashda Xitoydan o‘rnak olishga chaqirdi va barchadan intizomli bo‘lishni so‘radi.

«Bugungi kunda faqat Xitoy koronavirusning o‘sishini to‘xtata oldi. O‘limlarni ham ortga qaytara oldi, ijobiy o‘zgartirishga erishdi, vaziyatni qo‘lga oldi. Nimaning hisobiga? Tartib-intizomning hisobiga. Xalqning to‘g‘ri tushungani hisobiga. Xitoyda ham boshida ancha qiyinchilik bo‘ldi. Hattoki ular karantin talablariga rioya etmaganlarga jinoiy javobgarlik joriy etib, maxsus qamoqxonalargacha olib borishdi.

Albatta, bizning mamlakatda bunday choralar haqida gap ketmayapti, lekin biz mana shu talablarga rioya etsak, kasallikni o‘z vaqtida aniqlash imkoniga ega bo‘lamiz. Oila a’zolari, hamkasblari, mahalladoshlari yoki tengdoshlarini ham kuzatib, ularga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaymiz
», — dedi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusni qanday yengish kerakligini aytdi