06:45 / 16.03.2020
5 624

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetdi
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan o‘zbekistonlik ayolning oila a’zolaridan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, bemorning o‘g‘li va qizida COVID-2019 infeksiyasi borligi aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, 15 mart, yakshanba kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, ayol bilan muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgandi. Undan tashqari, shu reysda kelib, O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilarning bari aniqlanib, umumiy hisobda 150 kishi izolyatsiyaga olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 mart, yakshanba kuni soat 05:15 da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys bilan Toshkentga kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida ma’lum qildi.

«Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda. Nazorat kuchaytirilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetdi