10:40 / 16.03.2020
4 050

O‘zbekistonda koronavirus diagnostika vositalari va dori-darmoni uchun katta pul mukofoti ajratildi

O‘zbekistonda koronavirus diagnostika vositalari va dori-darmoni uchun katta pul mukofoti ajratildi
Foto: Sputnik / Ilya Naymushin
Innovatsion rivojlanish vazirligi COVID-19 koronavirusiga qarshi samarali kurashish va kasallikning respublikaga tarqalishining oldini olish uchun loyiha tanlovini e’lon qildi.

Respublikada koronavirus infeksiyasining patogenezini chuqur tahlil qilish, shuningdek, koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekular genetik diagnostika yaratish asosida COVID-19 koronavirusini davolash texnologiyasini yaratish uchun pul ajratiladi.

O‘zbekistonda koronavirus uchun dorilar va diagnostika vositalarini ishlab chiqarish uchun grant tanlovi e’lon qilindi. G‘olib taxminan 210 ming dollar oladi

Ilmiy loyihalarga davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan amaliy loyihalarning mavzulari:
- "Patogenezni chuqur tahlil qilish asosida koronavirus infektsiyalari bilan kurashish va davolash texnologiyasini yaratish" amaliy loyihasi (umumiy moliyalashtirish - 2 yil ichida 2 milliard so‘m);

- "COVID-19 koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekular-genetik diagnostika yaratish" amaliy loyihasi (umumiy moliyalashtirish - 1,5 mlrd. so‘m, 1 yil ichida amalga oshiriladi).

Tanlovga qog‘oz shaklda taqdim etilgan loyihalar tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan imzolangan tavsiyalar xati asosida ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va prorektorlaridan qabul qilinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus diagnostika vositalari va dori-darmoni uchun katta pul mukofoti ajratildi