11:47 / 16.03.2020
7 090

O‘zbekistonda yana ikki kishida koronavirus tasdiqlandi

O‘zbekistonda yana ikki kishida koronavirus tasdiqlandi
O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori bo‘lgan ayolning oila a’zolaridan yana ikki nafarida virus aniqlandi - uning turmush o‘rtog‘iga va nabirasiga koronavirus yuqqan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana ikki kishida virus aniqlangani haqida xabar qildi.

«Ma’lumki, shu yilning 15 mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik. Tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan edi. Ayni paytda ushbu fuqaroning turmush o‘rtog‘i va nabirasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi. Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 6 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana ikki kishida koronavirus tasdiqlandi