12:53 / 16.03.2020
6 712

Koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida xabar berildi

Koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida xabar berildi
Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Hozirga qadar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 6 nafar bemor klinikamizda yotqizilgan. Ular Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan stantdartlar asosida davolanmoqda. Bemorlar shifokorlar tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan. Umumiy ahvoli doimiy kuzatuvga olingan. Ayni paytda bemorlarimizning ahvoli qoniqarli, – deydi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, tibbiyot muassasalari zarur dori-darmon vositalari hamda mutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlangan. Shu bois aholidan vahimaga berilmasdan, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida xabar berildi