19:05 / 16.03.2020
3 991

O‘zganing nomida “Nexia-3” avtomobili bo‘lgan qarzdor alimentdan bo‘yin tovlagan edi

O‘zganing nomida “Nexia-3” avtomobili bo‘lgan qarzdor alimentdan bo‘yin tovlagan edi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo 08.06.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor S.S.dan undiruvchi D.S. foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga 16.06.2019 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdorga davlat ijrochilari tomonidan barcha huquq va majburiyatlari tushuntirilib, aliment to‘lamagan taqdirda javobgarlik yuzasidan ogohlantirilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy ahvoli o‘rganilganda qarzdor nomida hech qanday mol-mulklar rasmiylashtirilmaganligi aniqlanadi.

O‘zganing nomiga rasmiylashtirilgan “077” raqamli NEXIA-3 rusumli transport vositasi bo‘lgan qarzdor otaga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi.
Lekin, majburiy ijro harakatlaridan sud zalida to‘g‘ri xulosa chiqargan alimentchi otadan 8 mln. 500 ming so‘m aliment to‘lovlari to‘liq undirildi, endilikdan qilmishidan izza bo‘lgan olifta ota oyma-oy aliment pullarini to‘lab kelmoqda...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zganing nomida “Nexia-3” avtomobili bo‘lgan qarzdor alimentdan bo‘yin tovlagan edi