08:13 / 17.03.2020
3 406

1003 koll-markazi: koronavirus haqida o‘zbekistonliklar eng ko‘p so‘rayotgan savollar qaysi?

1003 koll-markazi: koronavirus haqida o‘zbekistonliklar eng ko‘p so‘rayotgan savollar qaysi?
Sherzod Ro‘ziyev
16 martdan boshlab, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq tibbiy masalalar bo‘yicha 1003 raqamli maxsus koll-markaz ishga tushdi. Kun.uz muxbiri ushbu markazda bo‘lib, ish jarayonini kuzatdi.

Tashkilotchilarning aytishicha, koll-markaz 24 soat uzluksiz ishlab turibdi. Unda 200dan ortiq malakali tibbiyot xodimlari 4 smenada faoliyat olib bormoqda.

«Ayni paytga qadar 20 mingdan ortiq murojaatlar bo‘ldi. Xodimlarimiz ushbu murojaatlarga o‘z vaqtida va batafsil javob berishmoqda», deydi tibbiyot fanlari doktori, dotsent Sherzod Ro‘ziyev.

Uning aytishicha, koll-markazga eng ko‘p savol O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilgani yoki yo‘qligi, kasallik necha kishida aniqlangani, kasallikning klinik kechishi va simptomlari, yuqish yo‘llari, davolash choralari va oldini olish to‘g‘risida kelib tushmoqda.

Mutaxassis o‘zini koronavirusga chalinganlikda gumon qilgan fuqarolarga uyda qolishlarini hamda mahalliy tibbiyot xodimlarini uyga chaqirishlarini tavsiya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1003 koll-markazi: koronavirus haqida o‘zbekistonliklar eng ko‘p so‘rayotgan savollar qaysi?