Yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan mulkchilik shaklidan va haftalik ish kunlari sonidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket uch kun dam olishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 23 mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
21 mart – bayram kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani bois haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ham haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar ham 3 kun ketma-ket dam olishadi.
21 mart – shanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – yakshanba (dam olish kuni);
23 mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, 20 mart – juma kuni ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni yilning boshqa dam olish kuni bilan almashtirilmaydi. Koronavirus xavfi sabab e’lon qilingan karantin holati dam yaqinlashib kelayotgan olish kunlarining davomiyligiga ta’sir etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi