19:15 / 17.03.2020
5 274

Koronavirusdan saqlanishda sarimsoq piyoz yoki sirka yordam beradimi?

Koronavirusdan saqlanishda sarimsoq piyoz yoki sirka yordam beradimi?
Tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi sarimsoq piyoz va uksusli suv haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh bergan.
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi maqsadida antivirus dorilarini va antibiotiklarni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

«Yuqumli kasalliklardan (bakteriyali, virusli) profilaktika qilish uchun antibiotik va antivirusli vositalarni qabul qilish umuman tavsiya etilmaydi.

Immun tizimini ko‘taradigan dorilar ham mumkin emas, ular virusga qarshi hech qanday ta’sir kuchiga ega emas. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda uksusli suv, sarimsoq piyozli retseptlar targ‘ib qilinyapti.

Kasallik quruq yo‘tal klinik belgisiga ega. Og‘iz bo‘shlig‘ininig qurishi bilan kechadi. Og‘iz bo‘shlig‘ini ho‘l holatda saqlasak, og‘iz bo‘shlig‘idan virusning ichkariga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Og‘iz va burunni tez-tez chayish kerak. Oshqozonga tushsa, kislotada nobud bo‘ladi. Og‘izni chayadigan suvga uksus qo‘shish og‘iz bo‘shlig‘i battar yallig‘lanishi, virus kiradigan joy paydo bo‘lishi mumkin.

Sarimsoq piyozni iste’mol qilish mumkin. Lekin bir jihatga e’tibor berish kerak. Sarimsoq piyoz bir vaqtning o‘zida ham antibakterial, ham antivirus preparat emas. Shunday ekan sarimsoq piyozni boshqa ko‘katlar bilan aralashtirgan holda iste’mol qilish mumkin. Bir kunda 5 bosh sarimsoqpiyoz yesang, kasal bo‘lmaysan, degan gaplar tibbiy asoslanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri, asoslanmagan va o‘z tasdig‘ini topmagan nomutaxassislar tomonidan bildirilgan ma’lumotlarga ishonmaslik kerak», degan u koronavirusdan himoyalanish maqsadida immunitetni ko‘taruvchi dori vositalarini qabul qilish qanchalik naf berishi to‘g‘risidagi savolga javoban.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan saqlanishda sarimsoq piyoz yoki sirka yordam beradimi?