09:52 / 19.03.2020
2 790

Nima uchun Avstraliyada ba'zi do'konlar doimiy vaqtidan ikki soat oldin ish boshlamoqda?

Nima uchun Avstraliyada ba'zi do'konlar doimiy vaqtidan ikki soat oldin ish boshlamoqda?
Dunyoning koronavirus tarqalgan mamlakatlarida aholi vahimasi ortib borayotgan bir paytda, Avstraliya shaharlaridan birida supermarket va do‘konlar doimiy ish vaqtidan bir yoki ikki soat oldin ochiladigan bo‘ldi. Bu faqat keksalar va nogironlar uchun joriy etilgan bo‘lib, doimiy vaqti boshlanguncha xaridorlar nazorat qilinadi.

Ma’lumki, O‘zbekiston aholisi ham virus tarqalgan boshqa mamlakatlar singari oziq-ovqat va boshqa yashash uchun zaruriy maxsulotlarni oldindan zahiralashni boshlab yuborishgan. Yaxshiyamki bizning diyorimiz oilalarida birdan ortiq avlod vakillari istiqomat qilishadi. Keksa ota-onalarimiz ehtiromda, el-yurt tinchligi, farzandlar salomatligini so‘rab, duolab xonadonlar fayzi bo‘lib o‘tirishadi.

Qadrli yurtdoshlar, insoniyatga berilgan sinovlardan ommaviyligi bilan ajralib turuvchi ushbu kasallik bartaraf bo‘lgunga qadar yaqinlarimizga, ularning yoshi, jismoniy holati, mavqeyidan qat’i nazar barcha atrofdagi insonlarga e’tiborli, mehr-oqibatli bo‘laylik, insoniylik fazilatlarimizni saqlab qolaylik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun Avstraliyada ba'zi do'konlar doimiy vaqtidan ikki soat oldin ish boshlamoqda?