Mamlakatimizda koronavirus bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi:
- barcha davolash-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha cheklov o‘rnatiladi;
- bemorlarni ko‘rgani kelgan va boshqa begona shaxslarni davolash-profilaktika muassasalariga kirishi, bemorlarni tashxisot-davolash ishlariga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishlari taqiqlanadi;
- davolash-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini o‘lchash, epidemiologik surishtiruv va koronavirus belgilariga tekshirib filtrdan o‘tkazish tashkil etiladi;
- davolash-profilaktika muassasalariga kirish va chiqishni qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi va ichki ishlar boshqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri bo‘ylab kunu-tun qo‘riqlanishi joriy etiladi;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillarini o‘tkazish milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekshiruvdan o‘tkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy tashxis qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;
- bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi;
- epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan shaxslar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlarni kasallikka laboratoriyada tekshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida kirish-chiqish tartibi bo‘lgan alohida maxsus namuna olish va kutish xonalari tashkil etiladi, bunda, tahlil natijasi chiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turishlari joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi