17:17 / 18.03.2020
3 428

Dolzarb savolga aniq javob: Toshkent shahridan uy xarid qilsa propiska beriladimi?

Dolzarb savolga aniq javob: Toshkent shahridan uy xarid qilsa propiska beriladimi?
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Fuqarolarni bu qaror loyihasi hayotga tatbiq etilsa viloyatdan kelib Toshkent shahrida yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan uy xarid qilsa uy faqat nomiga rasmiylashtiriladimi yoki Toshkent shahriga doimiy propiska beriladimi qabilidagi savol qiziqtirmoqda.

Bu savolga Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Shuhrat Xodjayev javob berdi.

– Mazkur qaror loyihasi kuchga kirsa O‘zbekiston fuqarosi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan uy xarid qilsa, bu fuqaroga Toshkent shahar propiskasi beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dolzarb savolga aniq javob: Toshkent shahridan uy xarid qilsa propiska beriladimi?