11:29 / 19.03.2020
3 380

Angrenda mashina olib qochgan to‘rt nafar shaxs YTHga uchradi

Angrenda mashina olib qochgan to‘rt nafar shaxs YTHga uchradi
2020 yilning 12 mart kuni soat 00:00da, 19 yoshli B.U. jinoiy sheriklari, 17 yoshli D.P., 16 yoshli A.A. va 15 yoshli A.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Angren shahrida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular qorovul 47 yoshli X.I.ga qarab turish uchun qoldirib ketilgan, 50 yoshli X.Sh.ga tegishli Nexia rusumli avtomashinaning kalitini qorovuldan yashirin ravishda o‘g‘irlab avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.

Ammo, Angren shahar Birlik ko‘chasida B.U. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chekkasida joylashgan devorga olib borib urgan. To‘qnashuv natijasida hech kim jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtomashina olib qochuvchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda mashina olib qochgan to‘rt nafar shaxs YTHga uchradi