13:39 / 19.03.2020
2 603

Toshkentda sterillanganligi noma’lum bo‘lgan niqoblarni pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkentda sterillanganligi noma’lum bo‘lgan niqoblarni pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi
Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 17 mart kuni poytaxtimizda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Ushbu tadbirlar davomida 62 ming 785 dona, umumiy qiymati 123 million 800 ming so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan (avval ishlatilgan yoki sterillanganligi noma’lum bo‘lgan) tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi.

Ayni kunlarda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlari sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari ham olib borilmoqda.

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev mavjud vaziyatda narxni asossiz oshirganlarni tanqid qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sterillanganligi noma’lum bo‘lgan niqoblarni pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi