15:50 / 19.03.2020
5 425

Bugundan butun mamlakat bo‘ylab bir qator muassasalar yopildi

Bugundan butun mamlakat bo‘ylab bir qator muassasalar yopildi
2020 yil 19 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

DSQ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2020 yil 19 martdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab:
- massaj salonlari;
- diskotekalar, diskobarlar;
- bolalar o‘yin zallari faoliyatini to‘xtatishga qaror qilingan.
Tadbirkorlik sub’ektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lish, o‘z-o‘zini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslik tavsiya qilingan.

Ushbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qat’iy nazorat qilinishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugundan butun mamlakat bo‘ylab bir qator muassasalar yopildi