17:12 / 19.03.2020
4 742

Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi

Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi
Bugun, 19 mart kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochisiga «Kobalt» rusumli avtomobilni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz'ga ma’lum qildi.

Okrug tasarrufidagi doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ilg‘or harbiy xizmatchilarga imtiyoz asosida avtomobil berilmoqda. Serjant Karim Maxmaraimov «Jangovar vzvod yili»da harbiy-amaliy, jangovar mashqlarda hamda kundalik xizmatda namuna bo‘lgani uchun okrug tarixidagi birinchi avtomobil sohibiga aylandi.

Serjant Karim Maxmaraimov Mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan «Tashabbuskor g‘oya» asosida harbiy ixtirochilik yo‘nalishida ham ko‘plab izlanishlar olib borgan. U zirhli texnikadagi 14.5 mm.li plumyot qurolini o‘qlash mexanizmini soddalashtirib, qurolni jangovar otish imkoniyatini oshirgan.

Shu alohida ta’kidlash kerakki, aprel oyida yana 10 nafar ofitser va serjantlarga 10 yil muddatga imtiyozli kredit asosida avtomobil topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Samarqand, Jizzax va Navoiy garnizonida xizmat qilayotgan harbiylarni farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun 90 ta imtiyozli tavsiyanoma berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi