18:30 / 19.03.2020
3 399

Yurtiga tashvish kelgan paytdan foydalanib qolishga urinayotgan ayrim tadbirkorlarga nahotki qonun turtkisi shart bo‘lsa?

Yurtiga tashvish kelgan paytdan foydalanib qolishga urinayotgan ayrim tadbirkorlarga nahotki qonun turtkisi shart bo‘lsa?
Karantin davrida osoyishtalikni ta’minlash hamda oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlarini qatiy nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida Buxoroda ham davlat soliq organlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.

Mazkur ishchi guruhi viloyatning barcha hududlarida oziq-ovqat va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi oshib ketmasligi uchun qat’iy choralarni ko‘rmoqda.

Shunga qaramay “nafsi hakalak” otgan ba’zi tadbirkorlar aholining ayrim qatlami sarosimaga tushganidan foydalanib, oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxini oshirib sotishga urinmoqda.

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasidagi “Korzinka” savdo majmuasida sarimsoqpiyozning har-bir donasi 7 900 so‘m hamda 1 kilogrami 120 ming 590 so‘mdan sotilayotganli e’tiroz sifatida bildirilgan.

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining shaxsan o‘zi aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan ushbu murojaatga zudlik bilan munosabat bildirish va mazkur holatning oldini olish maqsadida shu kuni mazkur savdo majmuasida bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu holat A.Jomiy ko‘chasidagi “Korzinka” savdo majmuasida emas balki ushbu savdo majmuasiga tutash bo‘lgan joyda savdo faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Muhammad-Amin meva savdo” korxonasi faoliyatida kuzatilgan. Mazkur do‘konda nafaqat sarimsoqpiyoz balki kartoshka va piyoz mahsulotlari ham qimmat narxda sotilayotgan ekan.

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tadbirkor bilan uchrashuvda uning ushbu hatti-harakati na insoniylik va na savdo-sotiq tartib qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirdi. Shuningdek, bugungi kunda viloyatimizda sarimsoqpiyoz 30 000 ming so‘mdan 40 000 so‘mgacha, kartoshka mahsulotlari 3000 ming so‘mdan 3 500 so‘mgacha va piyoz mahsulotlari 2 000 ming so‘mdan 2 500 so‘mgacha narxlarda qat’iy nazorat asosida sotilayotgani tushuntirib o‘tildi.

E’tiborlisi, tushuntirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan tadbirkor darhol kamchiliklarini tuzatib qo‘ydi.
Kezi kelganda aytish kerakki, savdo qonun-qoidalarini pisand qilmay, yurt boshiga tashvish kelgan paytda ko‘proq daromad olishga intilayotgan “uchar tadbirkorlar” adashadilar. Shunday ekan mo‘may daromad ilinjidagi tadbirkorlar qonun turtkisini kutmasdan o‘zlarini o‘nglab olsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurtiga tashvish kelgan paytdan foydalanib qolishga urinayotgan ayrim tadbirkorlarga nahotki qonun turtkisi shart bo‘lsa?