08:30 / 20.03.2020
4 870

Xonanda Lola farzand kutayotganini ma’lum qildi

Xonanda Lola farzand kutayotganini ma’lum qildi

Lola Yo‘ldosheva uchinchi marta ona bo‘lish arafasida turibdi. Bu haqda xonanda Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Azizlarim, barchangizga iliq so‘zlar va tilaklar uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu bizning oilamiz uchun katta baxt va men bu baxtni sizlar bilan baham ko‘rishdan xursandman. Quvvatsizlik va toksikoz davri ortda qoldi. Men hozir o‘zimni kuch va quvvatga to‘la his etyapman. Menimcha, akkauntim yaqinda onalar blogiga aylansa kerak”, — deb yozadi Lola.
Xonandaning yozishicha, farzandlari Shahina va Shohdiyor unga yaqindan yordam berib, g‘amxo‘rlik qilmoqda:

Bolalar men bilan ovora. Hatto mashina eshigini ham ochishimga qo‘yishmayapti. Massaj qilishadi, nonushta tayyorlashadi, hamma ishlarni qilishadi, toksikoz paytida ham yosh bolaga qaragandek g‘amxo‘rlik qilishdi”, — deb yozadi Lola.

Xonandaning yozishicha, uning farzandlari har hafta smartfondagi maxsus dastur yordamida kichkintoyda qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini tekshirib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Lola farzand kutayotganini ma’lum qildi