13:30 / 20.03.2020
4 146

Karantin nima maqsadda qo‘llaniladi? Qanday sharoitda uyda, qanday sharoitda statsionar tartibda?

Karantin nima maqsadda qo‘llaniladi? Qanday sharoitda uyda, qanday sharoitda statsionar tartibda?
Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantin haqida savollarga javob berib o‘tdi.
— Karantin tadbirlarining ushbu kasallik tarqalgan paytda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini biz o‘z boshimizdan o‘tkazdik.

O‘zbekistonga kasallik tarqalgan hududlardan kelgan 4 nafar odam bilan muloqotda bo‘lgan 19 kishida ushbu kasallik aniqlandi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz dastlabki kunlardan karantin tadbirlarini o‘tkazganimiz o‘z samarasini berdi. Agar 19 bemorni vaqtida karantinga olmaganimizda bu kasallikni yanada ko‘proq odamga yuqtirgan bo‘lar edilar.

O‘zbekiston hududida ikki xil karantin amal qiladi. Qachonki O‘zbekistonga fuqarolari kasallik tarqalgan hududdan uyushgan holda olib kelinadigan bo‘lsa, karantin statsionar holatda, yakka tartibda olib kelinsa, uy sharoitida karantinga olinadi.

Karantin nima degani? Karantin bu — cheklov. Kasallikning yashirin davrida cheklov e’lon qilinadi va tibbiy nazoratga olinadi. Qachonki, koronavirus yo‘q ekaniga ishonch hosil qilinsa, u karantindan ozod qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin nima maqsadda qo‘llaniladi? Qanday sharoitda uyda, qanday sharoitda statsionar tartibda?