16:00 / 20.03.2020
3 464

Quva tuman sudi tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tibbiyot niqoblari, antiseptik gel va xo‘jalik sovunlari ulashildi

Quva tuman sudi tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tibbiyot niqoblari, antiseptik gel va xo‘jalik sovunlari ulashildi
Tahriryatimizga 2020 yil 20 mart kuni peshin vaqtida, Quva tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini faollaridan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Qo‘ng‘iroq egalari, Quva tumani “Go‘zal” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘rinbosari va bir nechta faollar ekanligini ma’lum qilib, erta tongda Quva tuman ma’muriy sudi xodimlari kelib, mahallamizdagi kam ta’minlangan oilalar, shuningdek ko‘p bolali, oilasida nogironi bor oilalarga qo‘llaridan kelganicha tibbiyot niqoblari, antiseptik gellar, xo‘jalik sovunlari va salfetkalar, paxta yog‘i va guruchlar olib kelganligini aytishib, ushbu olib kelingan narsalarni Navro‘z bayrami arafasida o‘z egalariga topshirib qo‘yishligini, ushbu taqdim qilingan narsalar kam ta’minlangan oilalarga ozgina bo‘lsa ham yordam bo‘lsa xursand bo‘lishligini aytib ketishganligini aytishdi.

Shundan so‘ng mahalla fuqarolar yig‘ini faollari sud tomonidan berilgan sovg‘alarni kam ta’minlangan oilalarga topshirganimizda, ular davlatimiz rahbaridan tumanimizga biriktirilgan rahbarlardan o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, shu kunlarda kam ta’minlangan oilalarga ozgina bo‘lsa ham e’tibor qilgan Quva tuman ma’muriy sudining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilashganligini bayon qilishdilar.

Biz mamlakatimizda koronavirus xavfi paydo bo‘lgan bir vaqtda sudyalarning ushbu amalga oshirgan xayrli “ishini” yoritishni joiz deb hisobladik.

Quva tuman Go‘zal MFY faollari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quva tuman sudi tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tibbiyot niqoblari, antiseptik gel va xo‘jalik sovunlari ulashildi