16:18 / 20.03.2020
2 972

Qidiruvda bo‘lgan avtomashina topilgach qarzdorlik qoplandi

Qidiruvda bo‘lgan avtomashina topilgach qarzdorlik qoplandi
Majburiy ijro byurosi Sho‘rchi tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2019 yil 1 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor xususiy korxona va ijro hujjatida ko‘rsatilgan bir necha fuqarodan AT “Hamkor bank” Denov filiali foydasiga 17765 EURO kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli bo‘lgan yuk avtomashinasi hamda “Lacetti” rusumli avtomashinalari borligi aniqlangan. Biroq, qarzdorlar mazkur avtotransport vositalarini noma’lum joylarga yashirib kelganligi sababli Byuroning tuman bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Bo‘limning qidiruv guruhi tomonidan “Lacetti” rusumli avtomashina topilib jarima maydonchasiga olib kelinib, xatlovga olingan. Qarzdorlarga ushbu avtotransport vositasi auksion savdosiga chiqarilishi haqida ogohlantirilgandan so‘ng, kredit qarzdorliklari to‘liq qoplab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvda bo‘lgan avtomashina topilgach qarzdorlik qoplandi