17:17 / 20.03.2020
3 057

Bahrom Almatov: Koronavirus yuqtirganlar bepushtlikka uchrashi haqida ma’lumot yo‘q (video)

Bahrom Almatov: Koronavirus yuqtirganlar bepushtlikka uchrashi haqida ma’lumot yo‘q (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing tashkil etildi. Quyida ushbu brifingdan ayrim iqtiboslar hamda onlayn brifingning to‘liq video formati taqdim etiladi.

- «Bemorlarning ahvoli qoniqarli. Infeksiya yuqtirgan ba’zi bemorlarda sog‘ayish jarayoni boshlandi».

- «Agar koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmaydi. Asoratlari ham qolmaydi. Faqatgina to‘liq tuzalmasdan shifoxonadan chiqarib yuborilganlar qayta shifoxonaga murojaat qilishi mumkin».

- «Ko‘rilgan choralar natijasida shu paytgacha faqatgina karantinga olingan va kasallikda gumon qilingan fuqarolarda ushbu kasallik aniqlandi. Ya’ni, kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Shu orqali epidemiologik barqarorlik ta’minlanmoqda».

- «Maktablarni dezinfeksiya qilish maktab rahbarlari va dezinfeksiya qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bolalardan yoki aholi vakillaridan buning uchun haq olish noto‘g‘ri».

- «Kasallikka uchraganlar bepushtlikka uchrashi haqida tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ham bunday xulosaga kelishmagan. Menimcha, bunga ta’siri yo‘q».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bahrom Almatov: Koronavirus yuqtirganlar bepushtlikka uchrashi haqida ma’lumot yo‘q (video)