23:23 / 20.03.2020
3 473

Avstraliyadagi to‘yda 31 kishi koronavirusni yuqtirib oldi

Avstraliyadagi to‘yda 31 kishi koronavirusni yuqtirib oldi
Avstraliyaning Sidney shahrida kamida 31 kishi koronavirusni yuqtirib oldi, deb xabar berdi Daryo.

Skott Meggs va Emma Metkalfning 6 mart kuni bo‘lib o‘tgan to‘yida 140 nafar mehmon qatnashgan. To‘ydan keyin kelin-kuyovlar Maldiv orollariga asal oyiga jo‘nab ketgan.

To‘ydan ikki hafta o‘tganidan so‘ng unda qatnashgan 31 kishida koronavirus aniqlangan. Meggs va Metkalf ushbu xabardan dahshatga tushgan.

«Bu hayotimizdagi eng baxtli kun edi. Biz bu kun bizning va do‘stlarimizning xotirasida yaxshiliklar bilan esda qolishini xohlagan edik. Agar koronavirus bo‘lmaganida, bu kun ideal kun sifatida yodda qolardi», — deydi Meggs.

To‘yga kelgan mehmonlardan biri, uchinchi farzandiga homilador Xauech familiyali ayol o‘zini yomon his etayotganini yozib qoldirgan.

«Bir yoshli bolamda koronavirus simptomlari kuzatilyapti, qizimning ham issig‘i chiqyapti. Yana kimgadir kasallikni yuqtirgan bo‘lishim mumkinligidan xavotirdaman», — deydi ayol.

To‘yda ishtirok etgan boshqa mehmonlar va tantana tashkilotchilari o‘zlarini izolyatsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda epidemiologik vaziyat yaxshilanmoqda. Xubey provinsiyasidan tashqari boshqa mintaqalarida yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan 282 kishigina qoldi. Mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olgan bemorlarning 87,9 foizi sog‘ayib ketdi.

Yevropa mamlakatlarida koronavirusni yuqtirish holatlari tobora ko‘paymoqda. Xususan, Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 ming kishiga yetdi. Italiya esa koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi.

Avvalroq O‘zbekistonda 23 martdan boshlab «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, mamlakat fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilingani xabar berilgandi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina, ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avstraliyadagi to‘yda 31 kishi koronavirusni yuqtirib oldi