00:11 / 21.03.2020
3 774

«Bugun qarindoshlarga yaxshilik — ularning oldiga bormaslik» — Toshkent shahar bosh imom-xatibi

«Bugun qarindoshlarga yaxshilik — ularning oldiga bormaslik» — Toshkent shahar bosh imom-xatibi
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov aholini koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun imkon qadar ko‘proq uyda o‘tirishga chaqirdi. Uning videomurojaati «Telegram»dagi @koronavirusinfouz rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Biz qadim-qadimdan bayramlarni o‘tkazishda silai rahm qilardik. Ya’ni qarindosh-urug‘dan xabar olishga targ‘ib qilardik. Lekin hozirgi vaziyat buni talab qilmaydi. Shuning uchun bugun silai rahm qilish, ya’ni qarindosh-urug‘ga yaxshilik qilish — ularning oldiga bormaslik bilan bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘min-musulmonlarga ta’lim berib aytardilarki, haqiqiy musulmon shunday kishiki, boshqalarga o‘zining tilidan ham, qo‘lidan ham ozor bermasin. Haqiqiy mo‘min shunday mo‘minki, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini boshqaga ravo ko‘radi, o‘zi yomon ko‘rgan narsani boshqaga ham ravo ko‘rmaydi. Shunday ekan, biz mana shu kasallikning boshqalarga yuqib, tarqalib ketishini xohlamasak, imkon qadar ko‘proq uyda o‘tirishimiz kerak.

Alloh Qur’oni karimda marhamat qiladiki, «agar mening bergan ne’matlarimga shukur qilsangiz, o‘shanda sizga ne’matimni yana-yana ziyoda qilib beraman». Shunday ekan, Allohning har bir ne’matining qadriga yetmoq kerak. Kasalliklardan oilamizni muhofaza qilaylik. Allohning o‘zi saqlasin
, — deydi Toshkent shahar bosh imom-xatibi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bugun qarindoshlarga yaxshilik — ularning oldiga bormaslik» — Toshkent shahar bosh imom-xatibi