19:38 / 21.03.2020
5 957

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi
O‘zbekistonda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytga kelib ushbu infeksiya bilan kasallanganlar soni 41 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot bergandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi